2026-yil 19-avgust kuni G‘ijduvon tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda “Biz kitobxon oilamiz” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov shartlari asosida oilalar faol ishtirok etib, o‘zaro bellashdilar.
tanlov natijalariga ko ‘ra 3-o’rinni D. Latipovlar, 2-o’rinni B. Latipovlar oilasi, o ‘zining yuksak ma’naviyati, kitobsevarligi bilan ajralib turgan M. Ismatovalar oilasi faxrli 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.📖 Kitob – bilim manbai, oila – tarbiya maskani. Har bir oilada kitobxonlik an’anasini mustahkamlash – kelajak avlodni barkamol etishning muhim omilidir!

