MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN TANLOVLAR
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 14-avgust kuni kitobxonlik va she’rxonlik tanlovlari G`ijduvon tuman “Kelajak” markazida o‘tkazildi.
Tanlovlar tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilib, tanlovda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Samad Muhammad Damin, Nuroniylari jamg’armasi a’zosi R. Avezov, RMMM tuman bo‘linmasi mutaxassislari, AKM mutaxassislari, o‘quvchi yoshlar, she’r ixlosmandlari ishtirok etdlar. Ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan parchalar, Mustaqillik mavzusidagi she’rlarni yoddan o‘qidilar. Tadbirlar kitobga muhabbatni kuchaytirish, yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini tarbiyalash va milliy qadriyatlarni yuksaltirishga qaratilgan.
Yoshlarning faol ishtiroki, o‘qilgan she’rlari va kitoblarga bo‘lgan qiziqish tadbirlarga alohida ruh bag‘ishladi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar tuman miqyosida taqdirlandi.

