O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PQ–92-son “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 11-martdagi PQ–92-son “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, ma’naviy ko‘makka muhtoj yoshlar bilan ishlash, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va mehr-oqibat ruhida tarbiyalash hamda nuroniylarning yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash borasidagi faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” loyihasi izchil amalga oshirib kelinmoqda.
📌Mazkur loyiha doirasida har yili an’anaviy tarzda “Bir nuroniy – o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovi tashkil etib kelinadi. Joriy yilda ham ushbu nufuzli tanlovga rasman start berildi.
Birinchilardan bo‘lib Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tanlovning tuman bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda mahallalardan tashrif buyurgan 30 nafar ishtirokchi o‘z bilim va tajribalarini namoyon etib, uchta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
🥇Hakamlar hay’atining xolis bahosi va qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng Sho‘rcha MFY vakili Gavhar Xolmurodova faxrli 1-o‘rinni egallab, tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek:
🥈 2-o‘rin – Bobur MFY vakili Marziya Fattoyeva;
🥉 3-o‘rin – Guliston MFY vakili Savriddin Otamurodovga nasib etdi.
Tanlov g‘oliblari hamda faol ishtirokchilar “Nuroniy” jamg‘armasi G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

