✨ O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida 2026-yil 22-iyul kuni G‘ijduvon tumanida bir qator ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va targ‘ibot tadbirlari yuksak saviyada tashkil etildi.
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirlar xalqimizning Vatanga muhabbati, tinchlik va osoyishtalikka shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik va milliy qadriyatlarga sadoqat hissini kuchaytirishga xizmat qildi.

