G‘ijduvon tumani 24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman final bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyon etib, haqiqiy intellektual bellashuv muhitini yaratdilar.
Mazkur tadbirda tuman hokimi Farhod Umarov, tuman hokimi o‘rinbosari Nodir Qo‘ldoshev, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirasi Hidoyat Jumayeva, shuningdek mahalla aholisi — yoshu qari, nuroniy keksalar ham faol ishtirok etdilar.
Har bir jamoa hamjihatlikda savollarga aniq va asosli javob berishga intildi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan jamoalar rag‘batlantirildi.
“Zakovat” — bu nafaqat o‘yin, balki yoshlarning tafakkurini rivojlantiruvchi, bilim sari yetaklovchi muhim maydondir.
