Uch avlod uchrashuvi
Uch avlod uchrashuvi

Uch avlod uchrashuvi

♻️G‘ijduvon tumani 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Pamo‘za” MFY “Nuroniylar kengashi” a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida buyuk sarkarda va davlat arbobi tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temurning jahon miqyosida tutgan o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔰Suhbat jarayonida o‘quvchilarga Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati hamda uning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Buxoro viloyat Ichki ishlar Akademik litseyi talabalari ham o‘zlari tahsil olayotgan muassasa faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.

✔️Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish hamda kelajak kasb tanlashlariga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *