Qatag`on qurbonlari xotirasi qalbimizda!
Qatag`on qurbonlari xotirasi qalbimizda!

Qatag`on qurbonlari xotirasi qalbimizda!

#Qatag`on qurbonlari xotirasi qalbimizda
“Bir asar tarixi”
25-Avgust kuni G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazida 31-avgust Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan “Qatag`on qurbonlari xotirasi qalbimizda” mavzusida kitob-rasmli ko`rgazma, “Bir asar tarixi ” yuzasidan O’zbekiston yozuvchilar
uyushmasi a’zosi, Do’stlik ordeni sohibi Zikrilla Ne’matning “Qatag’on o’pqoni ” asari taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbir davomida qatag`on bo`lgan yurtdoshlarimiz haqida qisqacha ma’lumotlar berib o`tildi hamda o`lkamiz yozuvchisi Zikrilla Ne’matning “Qatag`on o`pqoni” asari yuzasidan ma’lumotlar berib o`qishga tavsiya etildi.
Ushbu kitobda XX asr o’zbek madaniyatining mashhur vakillaridan biri, taniqli siyosat va jamoat arbobi, mashhur adib, birinchi o’zbek professori Abdurauf Fitratning ziddiyatlarga boy hayoti hamda Germaniyaga yuborilgan talabalarning achchiq qismati, qatag`on bo`lgan yoshlar hayoti yoritilgan.
Ushbu asarni barcha yoshlarga o`qishga tavsiya etib qolamiz

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *