“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONLARI TANTANALI TOPSHIRILDI
“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONLARI TANTANALI TOPSHIRILDI

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI” ESDALIK NISHONLARI TANTANALI TOPSHIRILDI


✨ Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz va yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning munosib xizmatlarini e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish ezgu an’anaga aylangan.
📜 Davlatimiz rahbarining 2026-yil 22-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi Farmoniga muvofiq, tadbirkorlik va xususiy sektorni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini oshirish hamda jamiyat hayotining turli sohalarida faol ishtirok etayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar.
Jumladan o’zining fidokorona mehnati, jonkuyarligi bilan jamoa oldida yuksak ehtiromga ega bo’lgan G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi direktori D. Muxammedova hamda Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi H. Ismatovalar mana shunday yuksak unvonga sazovor bo’ldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *