G‘ijduvon tumani — “Bolalar Sayyorasi” oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi davom etmoqda!
🔰Yoshlarning yozgi ta’tilni qiziqarli, bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida G‘ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumandagi “Bolalar Sayyorasi” oromgohiga tashrif buyurdilar.
✨Bu yerda har kuni turli mavzudagi viktorinalar, intellektual o‘yinlar, “Kichik olimlar” loyihalari o’tkazilib kelinmoqda. Bolalar o‘zlari tayyorlagan kichik ilmiy ishlarini namoyish etishmoqda.Milliy qo‘shiqlar, raqslar, “Bolalar teatrlari”, she’riyat kechalari va “Yosh vatanparvarlar” suhbatlari bo‘lib o‘tmoqda.
Dolzarb90Kun loyihasi doirasida o’tkazilgan “Kelajak bizniki” tadbirida AKM mutaxassislari adabiyotlar ko’rgazmasi bilan ishtirok etib, bolalarni yangi adabiyotlar bilan tanishtirib ularga o’qishga tavsiya etdilar.




