Olotlik nuroniylar va yoshlar G‘ijduvonda katta tantana bilan kutib olindi
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Olot tumanidan nuroniylar va yoshlar G‘ijduvon tumaniga tashrif buyurdi. Mehmonlar Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy ziyoratgohida, G‘ijduvon tumani nuroniylari, yoshlar va jamoatchilik vakillari tomonidan katta tantana va ko‘tarinki kayfiyatda kutib olindi.
Mehmonlar ishtirokida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi G‘ijduvon tuman bo‘linmasi faollar zalida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida tumanimiz yozuvchi va shoirlari o’z ijod namunalari bilan o’rtoqlashdilar.

