“MA’RIFAT FIDOIYLARI — JADIDLAR”
“MA’RIFAT FIDOIYLARI — JADIDLAR”

“MA’RIFAT FIDOIYLARI — JADIDLAR”


23-oktabr kuni G’ijduvon tuman axborot-kutubxona markazida 21-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Ma’rifat fidoiylari- jadidlar ” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni AKM mutaxassisi O.Ergasheva ochib berib, ma’rifat fidoiylari bo’lgan jadid bobolarimiz haqida ma’lumotlar berdi.
Xalqimizning ozodligi, taraqqiyoti va kelajagi uchun jonini fido qilgan buyuk insonlarni ko‘ramiz. Ular xalqni ilmli, ma’rifatli va dunyoqarashi keng bo‘lishga da’vat etdilar.
M. Behbudiy, A. Avloniy, M.Abdurashidxonov, A. Fitrat, Cho‘lpon, A.Qodiriy kabi ma’rifatparvar bobolarimiz xalqimizni jaholatdan chiqarish, ilm-fan va zamonaviy ta’limni rivojlantirish yo‘lida fidokorona mehnat qildilar.
Ularning ezgu maqsadi bitta edi: millatni uyg‘otish, xalqni ilmli qilish va Vatan ravnaqiga xizmat qilish!
Bugun biz jadid bobolarimiz merosini o‘rganish, ularning asarlarini mutolaa qilish va yosh avlodga yetkazish orqali ularga munosib avlod bo‘lishga intilamiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *