✨ G‘ijduvon tumanidagi “Kelajak markazi”da yosh avlodni milliy tariximiz, boy ma’naviy merosimiz va jadid ma’rifatparvarlarining bebaho ilmiy-adabiy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Jadidlar izidan” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
📖 Mazkur ma’rifiy tadbirda G‘ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Seminar davomida o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onishi, milliy taraqqiyoti va ma’rifatparvarlik harakati tarixida muhim o‘rin tutgan jadid bobolarimizning hayoti, faoliyati hamda ibratli merosi haqida atroflicha fikr yuritildi.
🖋 Jadidchilik — millatni uyg‘otgan ma’rifat yo‘li
Jadidchilik harakati xalqimiz tarixida ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’naviyat rivojiga ulkan hissa qo‘shgan muhim tarixiy jarayonlardan biridir.

