O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanlovi e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan 22-oktabr kuni G‘ijduvon tumani Axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyat bo‘limi, RMMM G‘ijduvon tuman bo‘linmasi hamda Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi hamkorligida “Uyg‘onish” yoshlar adabiy tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir doirasida nazm va nasr yo‘nalishlarida yoshlarning ijodiy salohiyati, badiiy tafakkuri hamda adabiyotga bo‘lgan qiziqishini namoyon etish uchun imkoniyat yaratildi. Ishtirokchilar o‘z ijod namunalari, she’rlari va nasriy asarlari orqali qalblaridagi ezgu tuyg‘ular, orzu-intilishlar hamda hayotiy qarashlarini ifoda etdilar.

