” Till-ma’naviyat ko’zgusi”
” Till-ma’naviyat ko’zgusi”

” Till-ma’naviyat ko’zgusi”

Joriy yilning 21-oktabr kuni G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi 60-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda  “21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan “Til-ma’naviyat ko’zgusi ” mavzusida badiiy-musiqali kecha o‘tkazildi. Kechada maktabning o’qituvchi va o’quvchilari faol ishtirok etdilar.Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va madaniyatimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi.Mazkur kecha ishtirokchilarda ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada oshirish, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash hamda tilimizning boy merosini asrab-avaylashga bo‘lgan intilishini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *