22 -Iyul kuni G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari
tomonidan Bolalar sayyorasi sog‘lomlashtirish oromgohida ko‘chma kutubxona doirasida bolajonlar uchun maroqli kitobxonlik soati tashkil etildi. Tadbir davomida Amerkalik yozuvchi E.Xeminguey tavalludiga bag’ishlab ” Ernest Xeminguey ijodiga nazar ” nomli davra suhbati, hamda ” Chol va dengiz ” asari taqdimoti o’tkaziladi.
Asarni tinglagan bolalar voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatib, qahramonlarning xatti-harakatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va ezgulik kabi fazilatlar bolalarga sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
Tadbir bolalarda kitobga bo‘lgan mehr va mutolaaga qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashi hamda nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

