13-oktabr kuni G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Abduxoliq G’ijduvoniy mahallasida tashkil etilgan ko’chma kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitildi. Tadbir davomida “Bir asar tarixi “loyihasi doirasida O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Axmadning ” Ufq bo”sag’asida ” asari taqdimoti o’tkazildi. Ushbu asarning bosh qahramonlari Xolmatjon,Dildor,Nizomjon, Zebixonlarning taqdiri,muhabbati, quvonchu iztiroblari tasvirlangan. Xalqimizning urush yillaridagi hayoti,bir-birlariga bo’lgan mehri insoniyligi ko’nglingizni gururga to’ldiradi.Yoshlarimizga hayot maktabidan saboq beradigan asar.Asarni olib o’qishlari tavsiya etildi.

