2026-yil 17-aprel kuni G‘ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi 68- umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosati bilan “Bir adib haqida suhbat” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbir maktab o’quvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi.
Tadbirda AKM mutaxassisi M. Jo’rayeva O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodi bilan tanishtirib, uning she’rlari tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, yoshlarni vatanga muhabbat, sadoqat, o’ta-onaga nisbatan yuksak g’ururi va hurmat qilishga chorlashi haqida gapirdi.
Tadbir davomida o’quvchilar shoirning vatan, ona haqidagi she’rlaridan parchalar o’qib berdilar.
Tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi
