— BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2007-yil 18-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiya bilan rasman belgilangan va har yil nishonlanib kelinmoqda.Mazkur xalqaro sana qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi ayollarning muammolariga e’tibor qaratish, ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, farovon turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni zo‘ravonlik va tazyiqdan himoyalash, gender tenglikni ta’minlash kabi maqsadlarga qaratilgan.Ular qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslaridan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash tizimlarida muhim o‘rin tutadi. Shu munosabat bilan qishloq ayollarini kitobga va kitobxonlikka qiziqishlarini oshirish maqsadida15-oktabr kuni G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan Bo’lakiyon MFY hududida yashovchi faol mahalla ayollari orasida kitob targ’iboti o’tkazildi.

