30-sentabr kuni G’ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazida
O’zbekiston xalq shoiri ,O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Shukrullo Yusupovning tavalludiga bag’ishlab “Bir adib haqida suhbat” nomli davra suhbati ,hamda “Tirik ruhlar ” asari taqdimoti o’tkazildi. Tadbirda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.Tadbir davomida yozuvchi haqida ma’lumotlar berildi , asarlari yuzasidan savol-javoblar o’tkazildi , Tirik ruhlar asarini
tinglagan bolalar voqealar rivojini katta qiziqish bilan kuzatib, qahramonlarning xatti-harakatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Suhbat davomida asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan halollik, mehnatsevarlik, sabr-toqat va ezgulik kabi fazilatlar bolalarga sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
Tadbir bolalarda kitobga bo‘lgan mehr va mutolaaga qiziqishini oshirish, ularning dunyoqarashi hamda nutq madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

