2026-yil 17-aprel kuni G‘ijduvon tuman Axborot-kutubxona markazi 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Kitobsevar millat” shiori ostida VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida O’zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli shoir va dramaturg Shuhratning “Oltin zanglamas” asari yuzasidan bir asar tarixi loyihasi asosida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Tadbirda AKM mutaxassisi M. Jo’rayeva yozuvchi Shuhratning hayoti va ijodi hamda uning “Oltin zanglamas” asari haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Oltin Zanglamas romanida urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonlarga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan.
Tadbir davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar, tadbir qiziqarli va savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.
Tadbir o’quvchilarida katta qiziqish uyg’otdi, ular nafaqat asar balki yuzuvchi haqida ham ma’lumotlarga ega bo’ladilar
