“Bahru bayt” bellashuvi o‘tkazildi.
“Bahru bayt” bellashuvi o‘tkazildi.

“Bahru bayt” bellashuvi o‘tkazildi.

2026-yil 7-oktabr kuni G‘ijduvon tumanidagi 69-maktabda o‘quvchilarning ona tilimizga hamda badiiy ijodga bolgan qiziqishini oshirish, she’riyat va adabiyotga bo‘lgan e’tiborini yuksaltirish maqsadida “Bahru bayt” bellashuvi tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarining she’r yodlash, badiiy ifodali o‘qish, tezkor fikrlash va ijodiy qobiliyatlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalaridan bahru baytlar aytib, o‘zaro bellashdilar.Tadbir o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan birga, ularda milliy qadriyatlar, kitobxonlik madaniyati va adabiy merosimizga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.Tadbirda yangi adabiyotlar korgazmasi tashkil etildi.Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar munosib rag‘batlantirildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *