14-sentabr kuni G’ijduvon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Pamo’za” MFY hududida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kitob mutolaasini ommalashtirish maqsadida ko‘chma kutubxona faoliyati olib borilmoqda.Ko‘chma kutubxona orqali kitoblarni aholiga yanada yaqinlashtirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

